Chechenistonda respublika rahbari Ramzan Qodirovning shaxsiy qo‘riqchisi Alixan Muzayev o‘ldirib ketildi. Uning dafn marosimi Kurchaloy tumani markazida bo‘lib o‘tdi, deb xabar beradi “UNIAN”.
Ba’zi manbalarga ko‘ra, Muzayev amaldagi tuzumga qarshi qurolli isyon tayyorlagan, ammo hukumat uning rejalaridan xabar topganidan so‘ng o‘zini otib tashlagan.
Boshqa ma’lumotlarga ko‘ra, u huquq-tartibot organlari xodimlari tomonidan qo‘lga olinib, qarshilik ko‘rsatish chog‘ida otib tashlangan.
Bu borada hozircha rasmiy bayonot berilmadi.
Izoh (0)