Moskvaning Varshavadagi elchixonasi ushbu mamlakatning marhum prezidenti Lex Kachinskiy halokatga uchragan samolyotga oid bort o‘ziyozarlari ma’lumotlari polshalik ekspertlar bilan birgalikda o‘rganib bo‘lingani, boshqa yozuvlar esa yo‘qligini ma’lum qildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Bir muddat ilgari Rossiya prezidenti Vladimir Putin matbuot anjumani chog‘ida, Polsha tomonining savollariga javob berarkan, 2010-yilgi halokat yuzasidan tergov davom etayotganini, uchuvchining kabinaga kirgan kishi bilan suhbati aks etgan yozuvlarni shaxsan o‘qiganini bildirdi.
Matbuot anjumanidan so‘ng Polsha vakillari bunday yozuvga ega emasligini bayon qildi, buning natijasida OAVda Rossiyada hali Polshaga topshirilmagan yozuvlar borligi haqida taxminlar bildirildi.
Ammo elchixona vakillari bunday ma’lumotni inkor etdi.
Izoh (0)