Misr oliy sudi mamlakatning odamlar istiqomat qilmaydigan Tiron va Sanofir orollarini Saudiya Arabistoniga berishdan bosh tortdi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
Hukumat tomonidan taklif etilgan loyiha Qizil dengizda joylashgan ushbu orollarni Saudiyaga o‘tkazishni ko‘zda tutar edi. Ammo, sud qarorida aytilishicha, hukumat orollar har doim Saudiyaga tegishli bo‘lganini isbotlovchi yetarli dalillar keltira olmadi.
Hukumat vakillarining fikricha, 1950-yili Misr nazorati ostiga o‘tgan orollarning Saudiya Arabistoniga o‘tkazilishi mamlakat iqtisodiyotiga foyda keltiradi. Ammo bunga javoban minglab odamlar norozilik ifodasi sifatida Qohira ko‘chalariga chiqdi.
Izoh (0)