“Barselona” jamoasi yetakchisi Lionel Messi uni tanqid qilgan klub direktori Pere Gratakosning ishdan bo‘shatilishidan xafa bo‘ldi, deb xabar bermoqda “Segodnya.ua”.
Gratakos o‘zining intervyularidan birida “Barselona” faqat Messidan iborat emasligini aytib o‘tgandi. Shunday keyin mansabdor egallab turgan lavozimidan ozod etilgan edi.
“Barselona” — bu faqat Messi degani emas. Neymar, Suares, Inyesta va boshqa futbolchilarsiz Messi bunday yuqori darajaga erisha olmasdi.Pere Gratakos, “Barselona” sobiq direktori
Mundo Deportivo argentinalik futbolchiga yaqin bo‘lgan insonlarga tayanib ma’lum qilishicha, Messi “Barselona” rahbariyatining bunday qaroridan hayron qolib, bundan xafa bo‘lgan.
29 yoshli futbolchining Gratakos bilan munosabati yaxshi edi. Messi “Barselona B” jamoasida debyut qilganida aynan Pere Gratakos unga ustozlik qilgandi. Pere Gratakosni ishdan bo‘shatish haqida “Barselona” ijrochi direktori Albert Soler qaror qabul qildi.
“Sportarena”ning qayd etishicha, Pere Gratakos “Barselona” akademiyasi bilan bog‘liq ishlar bilan shug‘ullanishda davom etaveradi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)