Kreml AQSh tomonidan sanksiyalarning bekor qilinishi evaziga yadroviy qurol miqdorini qisqartirishni rejalashtirmayapti. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov bayonot berdi, deb xabar qiladi “RIA Novosti”.
Ilgariroq AQShning saylangan prezidenti Donald Tramp Times’ga bergan intervyusida Rossiya bilan muzokaralar chog‘ida yadroviy arsenalni qisqartirish masalasini kun tartibiga qo‘yishini bildirgan edi. Shuningdek, Tramp yadroviy qurol miqdori kamaytirilishi evaziga sanksiyalar bekor qilinishi mumkinligini aytdi.
Ammo Peskov hali bu masalada hech qanday muzokaralar bormayotganini bildirdi.
Izoh (0)