Barbados bayrog‘i ostida suzgan yuk kemasi 14-yanvar, shanbaga o‘tar kechasi Shimoliy dengizda, Fransiyanng Dyunkerk portidan 70 kilometr uzoqlikda cho‘kib ketdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Halokat Buyuk Britaniya iqtisodiy hududida ro‘y berdi. Ekipajning barcha a’zosi (yetti kishi) kemani tark etishga ulgurdi va qutqaruvchilar tomonidan chiqarib olindi.
Kema omborlarida 3800 tonna donador magniy oksidi bor edi. Ushbu modda suvda erib ketmasligi va atrof-muhit uchun xavf tug‘dirmasligi bildirilmoqda.
Izoh (0)