Litvada joylashtiriladigan NATO bo‘linmalarida kuzga borib 1,2 ming kishi xizmat qiladi. Bu haqda mamlakat mudofaa vaziri Raymundas Karoblis ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.
“Ma’lum bir raqamlar rejalashtirilmoqda. Jumladan, kuzda NATO harbiy xizmatchilari soni 1,2 mingni tashkil etishi lozim. Vaqti-vaqti bilan hamkorlikdagi mashg‘ulotlarda ishtirok etish uchun Polshaga yuborilayotgan amerikalik harbiylar ular safiga qo‘shiladi”, — ta’kidladi vazir.
Litvadagi bo‘linmalar NATOning yana uch davlat — Polsha, Latviya va Estoniyada ham joylashtiriladigan xalqaro batalyoni tarkibiga kiradi.
Izoh (0)