14-yanvar kuni Rossiya matbuoti CNN’ga tayanib, AQShning saylangan prezidenti Donald Trampning Twitter’dagi sahifasi irqchilik targ‘iboti tufayli o‘chirib tashlangani haqidagi axborotni tarqatdi. Ammo bu axborot yolg‘on bo‘lib chiqdi, deb xabar beradi TJournal.
Oradan vaqt o‘tib, “Izvestiya” CNN sayti aslida qalbaki ekanligini, telekanalning haqiqiy saytiga aloqador emasligini aniqladi. Bundan tashqari, Trampning sahifasiga o‘xshatib ochilgan sahifada ham shubhali gaplar yozilgan edi. Jumladan, tvitlardan birida bo‘lajak davlat rahbari o‘z o‘quvchilarini “kallasi bilan o‘ylay olmagani” uchun tanqid qilgan edi.
https://twitter.com/WHDonaldTrump/status/819726120685711360
Ayni paytda ushbu xabarlar haqiqatga mos kelmasligi tasdiqlandi.
Soxta CNN saytida u Carla’s Nice Nunnery (Karla nomidagi ayollar ibodatxonasi) tashkilotiga tegishli ekanligi, uning rahbari esa Pol Xorner ekanligi ko‘rsatilgan. Pol Xorner ko‘p yillardan buyon o‘z saytlarida soxta xabar tarqatuvchi hazilkash sifatida mashhur.
Izoh (0)