Yaxshi gilamlar do‘konidan kutilishi mumkin bo‘lgan yangilik — yo yangi gilamlar kolleksiyasi yoki chegirmalar bo‘lishi mumkin. Toshkent shahridagi Heritage — “Mir kovrov” do‘koni esa bularning ikkalasini ham amalga oshirmoqda.
Do‘konning ko‘plab mahsulotlari uchun 20, 30, 40 foizgacha chegirmalar berilmoqda. Ushbu aksiya yanvar oyi so‘ngiga qadar davom etadi.
Bundan tashqari, do‘kon kolleksiyasi yaqindagina yangi gilamlar bilan ham boyitildi. U yerda Belgiya, Turkiya, Erondan keltirilgan 100 xildan ortiq va o‘zimizning Samarqandda tayyorlangan gilamlarni topish mumkin.
Tanlovning kengligi uy yoki ofisning istalgan xonasi uchun mos gilam topish imkonini beradi. Gilamlarning 20—25 yilgacha sifati buzilmasligi va yaxshi saqlanishiga kafolat beriladi. Shuningdek, ular oson tozalanishi bilan ajralib turadi.
Qo‘lda to‘qilgan, ipak gilamlar esa nafaqat o‘z xonadoningizni bejirim qilishi, balki yaqin insonlar uchun ajoyib sovg‘a ham bo‘lishi mumkin.
Do‘kon xodimlari gilamlarning sifatiga, yaxshi saqlanishiga hamda namunali xizmat ko‘rsatilishiga katta e’tibor qaratadi. Xaridlar esa xaridorning manziligacha bepul yetkazib beriladi.
Do‘kon eshiklari har kuni 9:00 dan 20:00 ga qadar ochiq. Marhamat, tashrif buyuring, o‘zingiz ko‘ring, baho bering va loyiq xaridni amalga oshiring.
Manzil: Toshkent, Beruniy ko‘chasi 18-b uy. Mo‘ljal: “Huvaydo” to‘yxonasi, “Beruniy” metrosi. Telefon: +998(97) 702-70-70.
Reklama huquqi asosida
Izoh (0)