Italiyaning 2007-yilgi “Miss Romanya” go‘zallik tanlovi g‘olibi Jessika Notaroning sobiq yigiti unga sulfat kislota sepib yubordi. Bu haqda Corriere della Sera gazetasi ma’lum qilmoqda.
Nashrning ma’lum qilishicha, hujum oqibatida 28 yoshli qizning ko‘zlari, soni va oyog‘iga jiddiy zarar yetgan. Hujum uning Rimini kurort shahridagi uyi yaqinida amalga oshirilgan. U og‘ir ahvolda Chezena shahri shifoxonasiga yotqizilgan. Shifokorlar Notaroning ko‘rish qobiliyatini saqlab qolishga umid qilmoqda.
Notaroga hujum qilgan 29 yoshli Edson Tavares hibsga olingan. La Repubblica nashrining ma’lum qilishicha, yoshlar bir muncha vaqt birga yashagan. Biroq bir yilcha avval Notaro munosabatlarini to‘xtatishga qaror qilgan.
U 2016-yilning avgustida ham sobiq yigitining shafqatsiz muomalasi haqida politsiyaga murojaat qilgan.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)