Germaniyada poyezd mashinisti temiryo‘lga o‘rnatib ketilgan qorbola sababli poyezdni favqulodda to‘xtatishga majbur bo‘ldi, deb xabar beradi Bild.
Hodisa Meklenburg—Old Pomeraniya yerida, kechki payt yuz bergan. Qorbolaning balandligi 1,5 metr bo‘lgani sabab, mashinist yo‘lda odam bo‘lishi xavfini hisobga olib, poyezdni darhol tormozlashga majbur bo‘lgan.Poyezdning tormoz tizimiga besh ming yevro miqdorida zarar yetgan. Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan.
Politsiya uchta shubhlanuvchi shaxsni izlamoqda, ularning shaxsi hozircha noma’lum.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)