Amerikalik bloger Xanter Xobbs Microsoft Excel’dagi jadvalning eng tubiga yetib bordi, deya xabar bermoqda TJournal.
Buning uchun u to‘qqiz soatdan ko‘proq vaqt davomida “pastga” tugmasini bosib o‘tirdi, shu bilan birga mutolaa, qo‘shiq eshitish va smartfonni titkilash bilan band bo‘ldi.
Xobbsning aniqlashicha, Excel’dagi jadvalda qatorlar soni bir milliondan ortiq (aniqroq aytganda – 1 million 48 ming 576 ta qator).
Blogerning qayd etishicha, bu uning hayotidagi “eng ahmoqona sinov” bo‘lgan.
Biroq endi biz nafaqat Excel’dagi jadvalning oxiri borligini, balki unda aynan nechta qator mavjudligi va uning tubiga yetish uchun qancha vaqt sarflanishini ham bilamiz.
Videorolik oxirida bloger bu ishdan juda charchaganini aytib, boshqalarni bu ishni takrorlamaslikka chaqirgan.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)