Myunxenning “Bavariya” futbol klubi hujumchisi Tomas Myuller aeroportda jurnalistlar bilan gaplashmaslikning antiqa yo‘lini topdi, deya xabar bermoqda “Chempionat”.
Myuller aeroportning kutib olish hududiga chiqib kelarkan, xorij yig‘inidan qaytayotgan “Bavariya” futbolchilarini mushtoq kutayotgan jurnalistlar bilan muloqotdan qochish uchun, o‘zini xuddi telefonda gaplashayotgandek tutdi.
Biroq, yonida telefoni yo‘qligi sabab, Tomas Myuller o‘zining fuqarolik pasporti bilan “gaplashish”ga majbur bo‘ldi.
Einfach überragend - Typisch Thomas Müller 😂 😂 😂 pic.twitter.com/ZXicXRWDrw
— Sky Sport News (@SkySportNews) January 11, 2017
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)