Hindiston tashqi ishlar vaziri Amazon xodimlarining vizalarini bekor qilish tahdidi bilan kompaniyadan Hindiston milliy bayrog‘i tasvirlangan sholchalarni sotuvdan chiqarishni talab qildi. Amazon ushbu talabni bajardi, deb xabar beradi TJournal.
11-yanvar kuni Hindiston trikolori aks etgan tovarlar Atul Bhobe nikli foydalanuvchi tomonidan Twitter’ga joylashtirildi. U fotosuratlarni mamlakat tashqi ishlari vaziri Sushma Svarajga yo‘llab, choralar ko‘rishni so‘radi.
Bir necha soatdan so‘ng Svaraj xonim bir necha tvitlarda Amazon’ga tahdid qildi. U Kanadaning Hindistondagi oliy komissiyasidan vaziyatga e’tibor qaratishni talab qildi, shuningdek, kompaniyani kechirim so‘rashga chaqirdi.
Amazon must tender unconditional apology. They must withdraw all products insulting our national flag immediately. /1
— Sushma Swaraj (@SushmaSwaraj) January 11, 2017
If this is not done forthwith, we will not grant Indian Visa to any Amazon official. We will also rescind the Visas issued earlier.
— Sushma Swaraj (@SushmaSwaraj) January 11, 2017
Ayni paytda sholchalar sotuvda yo‘q, buni, Amazon’dagi manbalariga asoslanib, Reuters ma’lum qilmoqda.
Izoh (0)