Qozonning Novo-Savinovskiy va Aviastroitelniy tumanlari harbiy komissarligi Suriyada 2016-yil yozida harbiy xizmatchi halok bo‘lganini tasdiqladi. Bu haqda “RBK” xabar berdi.
Artilleriyachi kapitan Marat Axmetshin 2016-yil avgustida dafn etilgan. U Suriya operatsiyasi chog‘ida o‘ldirilgan kamida 24-rossiyalik harbiy bo‘ldi.
Marhum ofitserga vafotidan keyin Rossiya Qahramoni unvoni berildi. Novo-Savinovskiy tumanidagi maktab uning nomi bilan ataldi.
Axmetshin haqida ma’lumot paydo bo‘lishidan avval, polkovnik Ruslan Galitsiy so‘nggi halok bo‘lgan harbiy hisoblanardi. U Suriyadagi rossiyalik harbiy maslahatchilar guruhi tarkibida topshiriqlarni bajargan.
Izoh (0)