Piko-Taro musiqachisi rolida chiquvchi yaponiyalik hajvchi Kosaka Daimao “I Like OJ” deb nomlangan yangi qo‘shiq chiqardi. Unda Piko-Taro apelsin sharbatini juda yaxshi ko‘rishi va boshqa ichimliklarni yoqtirmasligi haqida kuylaydi, deb yozadi Meduza.
Baxtga qarshi, “I Like OJ” qo‘shig‘i Piko-Taro’ning ruchka-ananas-olma-ruchka haqidagi qo‘shig‘i kabi jo‘shqin va yuqumli bo‘lib chiqmadi. Shunga qaramay, bu qo‘shiqqa bag‘ishlangan muvaqqat qahvaxona ham baribir ochilsa kerak.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)