60 million Kanada dollari (45,4 million AQSh dollari) miqdoridagi yutuq chiqqan Lotto Max lotereya chiptasi Kvebek provinsiyasida sotildi. Bu haqda Atlantic Lottery assotsiatsiyasi vakillari ma’lum qildi, deb xabar beradi “TASS”.
Shuningdek, yana 18 kishiga 1 million Kanada dollaridan (760 ming dollar) yutuq nasib etdi. Bu chiptalar Kanadaning deyarli barcha provinsiyalarida sotilgan.
Ma’lumot uchun, 2015-yil oktabrida “49 dan 6” lotereyasida mamlakat tarixidagi eng yirik — 64 million Kanada dollari miqdoridagi (49,5 million dollar) jekpot o‘ynalgandi.
Izoh (0)