Futbol bo‘yicha Angliya Kubogi doirasidagi “Vest Xem” va “Manchester Siti” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv vaqtida maydonga O‘rgimchak-odam libosini kiyib olgan muxlis yugurib chiqdi, deya xabar bermoqda TJournal.
O‘rgimchak-odam bir muxlis bilan birga maydonga yugurib chiqqan vaqtda “Manchester Siti” 5:0 hisobida g‘alaba qozonayotgan edi.
Tartibbuzarlar uchrashuv birinchi taymida yuz bergan penalti ishlash voqeasini qayta sahnalashtirishga uringan, shundan so‘ng stadion qo‘riqchilari tomonidan qo‘lga olingan.
O‘yin “Manchester Siti”ning yirik — 5:0 hisobidagi g‘alabasi bilan tugagan. “Shaharliklar” Angliya Kubogi 1/16 finaliga yo‘llanma olgan.
Angliyada 2014-yili ham O‘rgimchak-odam “Manchester Siti” va “Sanderlend” o‘rtasidagi futbol uchrashuvi vaqtida maydonga yugurib chiqqan edi. O‘shanda u “Manchester Siti” o‘yinchilarini “to‘rga tushirish”ga uringan, shu sabab o‘yinni to‘xtatishga to‘g‘ri kelgan.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)