Janubiy Koreyada AQSh maxsus topshiriqli bo‘linmalari namunasi bo‘yicha alohida brigada tuziladi, deb yozadi “RBK”.
Maxsus topshiriqli bo‘linma urush boshlanib qolgan taqdirda, Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen Inni hamda mamlakat oliy harbiy va siyosiy rahbariyatining boshqa a’zolarini qatl etishi kerak bo‘ladi.
Bir mingdan ikki ming nafargacha odamni o‘z ichiga oladigan brigada Janubiy Koreya qo‘mondonligiga bo‘ysunadi, u 2017-yilda tashkil etilishi kerak. Bo‘linmani yaratishda amerikalik harbiylar ishtirok etadi.
Izoh (0)