Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 25-iyulda amalda bo‘ladigan qiymatini eʼlon qildi.
Unga ko‘ra:
- dollar 100,05 so‘mga pastlab, 12 653,48 so‘m bo‘ldi;
- yevro 106,47 so‘mga tushib, 14 871,64 so‘m bo‘ldi;
- rubl 2,91 so‘mga pastlab, 159,75 so‘mni tashkil etdi.
Bundan avval dollar kursi ketma-ket uch kun ko‘tarilib, 12 762,53 so‘m bo‘lgandi. Dollar rasmiy kursining yil boshidan buyon eng past qiymati 24-iyunda 12 410,99 so‘mni tashkil etgandi.
Izoh (0)