AQSh Kongressi palatalari qo‘shma yig‘ilishida mamlakatda bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovi yakunlari ko‘rib chiqildi va Donald Tramp ularda g‘olib chiqqani rasman e’lon qilindi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Yig‘ilish Senat raisi sanaladigan AQSh vitse-prezidenti Jozef Bayden va vakillar palatasi spikeri Pol Rayan raisligida bo‘lib o‘tdi. Unda 50 shtat va Kolumbiya federal okrugi tomonidan tayyorlangan ovoz berish yakunlari o‘qib eshittirildi. Yakuniy natijalarga ko‘ra, Tramp uchun saylashga vakil qilinganlarning 304, uning raqibi Hillari Klintonga esa 227 nafari ovoz bergan.
Ushbu natijalar Qo‘shma Shtatlar prezidenti va vitse-prezidenti etib saylangan shaxslar 2017-yil 20-yanvaridan boshlab o‘z lavozimlariga kirishishi uchun yetarli asos bo‘lib xizmat qiladi.Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.Jozef Bayden, AQSh vitse-prezidenti
Izoh (0)