Qozog‘iston Suriya xalqiga oziq-ovqat mahsulotlaridan iborat 500 tonna gumanitar yordam, jumladan, un, go‘sht konservalari, guruch, makaron va choy yubordi. Bu haqda mamlakat tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.
“Suriyaga yordam ushbu mamlakatdagi gumanitar inqiroz ko‘lamini inobatga olib, Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev qaroriga binoan jo‘natildi”, — deya ta’kidladi yukni topshirishda ishtirok etgan Qozog‘istonning Iordaniyadagi elchisi Azamat Berdiboy.
Qozog‘iston tashqi siyosiy mahkamasiga ko‘ra, gumanitar yuk Rossiya ko‘magida Tartus portiga yetkazildi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)