Toyota kompaniyasi Las-Vegasdagi CES elektronika iste’molchilari ko‘rgazmasiga sun’iy intellektga ega avtomobil konseptini olib keldi, deb xabar bermoqda Motor.
Concept-i prototipi haydovchisiz boshqarilish qobiliyatiga ega. Shuningdek, aqlli mashina haydovchi va yo‘lovchilarga qulay tarzda sozlanadi.
Yui nomli tizim sun’iy idrokni birlashtirib, deyarli butun avtomobilni boshqarishga yordam beradi. Masalan, Yui haydovchini eslab qolib, uning sozlamalarini unga mos tarzda o‘zgartiradi va odatiy yo‘l navigatsiyasini ko‘rsatadi. Tizim tarkibiga, shuningdek, haydovchining yuzi va ovoz tembriga qarab kayfiyatini aniqlash texnologiyasi kiritilgan.
Mashina saloni ichidagi odamlar bilan muloqot ovozli xabarlar, old oyna qismidagi displey va avtomobilga teginish orqali amalga oshiriladi.
Bundan tashqari, Yui mashinaning turli xavfsizlik tizimlarini nazorat qiladi va avariyaviy holatda avtonom boshqaruv tizimini avtomatik tarzda yoqa oladi.
Toyota Concept-i atrofdagi avtomobil va haydovchilar bilan ham “muloqot” qila oladi. Jumladan, mashina tashqarisidagi chiroqli indikatorlar avtomobil haydovchi tomonidan yoki haydovchisiz haydash tizimida boshqarilayotganini ma’lum qiladi. Konseptning orqa qismidagi displeyda yozuvli xabarlar paydo bo‘ladi.
Concept-i’ning ‘eshiklari dizayni bilan Toyota’ning Kaliforniyadagi markazi shug‘ullangan. Sun’iy intellekt esa Toyota’ning San-Fransiskodagi Innovation Hub bo‘limi tomonidan ishlab chiqilgan. Mazkur konseptning xarakteristikalari haqida hozircha ma’lumotlar yo‘q.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)