AQSh boshchiligidagi harbiy koalitsiya samolyotlari 31-dekabr kuni Suriyaning Rakka shahrida IShID yetakchilaridan biri Mahmud al-Isaviyni yo‘q qildi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Koalitsiyaning kontrterror operatsiyasi shtabi vakillarining bildirishicha, Mahmud al-Isaviy targ‘ibot va tashviqot masalalari bilan shug‘ullanib kelgan.
Rakkaga ko‘chib o‘tguniga qadar Isaviy Fallujada axborot va razvedka masalalarini muvofiqlashtirib borgan.
“U IShID nazoratidagi hududlar hamda ularning rahbarlari orasida mablag‘ aylanishi va buyruqlarning yetkazilishini kuzatib borgan, shuningdek, targ‘ibot va razvedka strukturalari ishini nazorat qilgan”, — ma’lum qildi shtab vakili.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)