Pokistonning Panjob viloyatida motorikshalarning poyezd bilan to‘qnashuvi oqibatida 7 nafar maktab o‘quvchisi halok bo‘ldi. Bu haqda 6-yanvar, juma kuni Pakistan Today xabar bermoqda.
Ikki motoriksha yaqinlashib kelayotgan tarkibgacha bo‘lgan masofani hisobga olmay, temir yo‘lni kesib o‘ta boshladi. Poyezd bilan to‘qnashuv oqibatida yana 5 dan 8 yoshgacha bo‘lgan 5 nafar bola og‘ir jarohat oldi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)