Eron janubida ro‘y bergan 5,1 magnitudali zilzila oqibatida 4 kishi halok bo‘ldi, yana shuncha kishi yaralandi. Bu haqda mahalliy OAVlarga tayanib, “Vestnik Kavkaza” xabar bermoqda.
Yer osti silkinishi epimarkazi Fors viloyatining Xonj shahri yaqinidagi qishloqlardan biriga to‘g‘ri keldi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, halok bo‘lganlarning barchasi chet elliklar bo‘lib, ular mahalliy fermalarda ishlagan Afg‘oniston fuqarolari ekanligi taxmin qilinmoqda.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)