Rossiyalik harbiylar bir kecha-kunduzda Suriyada yarashuvning buzilishi bilan bog‘liq 15 ta holatni qayd etdi, Turkiya tomoni esa 13 ta bunday holat haqida ma’lum qildi, deb yozadi “Interfaks” Suriya hududidagi dushman tomonlarni yarashtirish markaziga tayanib.
Rossiyadagi ushbu markaz ma’lumotlariga ko‘ra, qayd etilgan qoidabuzarlik holatlarining barchasi yuzasidan tekshiruv olib borilmoqda va bunday holatlarni istisno qilish uchun choralar ko‘rilmoqda.
Izoh (0)