• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12589.35
    • RUB157.64
    • EUR14656.52
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Shavkat Mirziyoyev respublikaning yetakchi tibbiyot xodimlari bilan uchrashdi

    O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 5-yanvar kuni sog‘liqni saqlash sohasining bir guruh yetakchi mutaxassislari bilan uchrashdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

    Foto: O‘zA

    Foto: O‘zA

    Videokonferensiya shaklida o‘tgan uchrashuvda hukumat a’zolari, senatorlar, viloyat hokimlari, vazirlik va idoralar, davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari, tibbiyot oliy ta’lim muassasalari rektorlari, sog‘liqni saqlash tizimi mas’ul xodimlari ishtirok etdi.

    “Sog‘liqni saqlash sohasini isloh qilish davlat siyosatining eng muhim yo‘nalishlaridan biridir, — dedi Shavkat Mirziyoyev. — Mamlakatimizda sog‘liqni saqlash tizimini yanada takomillashtirish, tibbiyot xodimlari mehnatini rag‘batlantirish, davolashning zamonaviy texnologiya va usullarini keng joriy etishga alohida e’tibor qaratilmoqda”.

    2016-yil — Sog‘lom ona va bola yilida tibbiyot muassasalarini zamonaviy diagnostika va davolash uskunalari bilan jihozlash uchun 80 million dollar qiymatidagi kredit va grant mablag‘lari yo‘naltirildi, farzand ko‘rish yoshidagi ayollar va bolalar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, sog‘lomlashtirildi. Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida eshitish bo‘yicha nuqsoni bo‘lgan 350 dan ortiq bolada koxlear implantatsiya operatsiyalari amalga oshirildi. 700 ming bola pnevmokokk infeksiyasi va boshqa yuqumli kasalliklarga qarshi emlandi.

    Ammo bugun zamon o‘zgarmoqda, odamlarning talabi oshib bormoqda. Xalqning tibbiy madaniyati yuksalib, eng so‘nggi usul va rusumlarda tibbiy xizmat ko‘rsatilishini istaydi. Bizga shu ham bo‘laveradi, degan tushuncha endi o‘z umrini o‘tab bo‘ldi. Bu barcha sohalar qatori tibbiyot sohasiga ham bevosita daxldor, dedi Prezident. Shu bois soha xodimlari tibbiyotning eng ilg‘or, zamonaviy yutuqlarini, davolash usullarini o‘zlashtirmog‘i zarur. Erishilgan yutuqlarga mahliyo bo‘lib o‘tirish taraqqiyot yo‘lidagi eng katta g‘ovdir.

    2017-yilning Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili deb e’lon qilinganida ham katta ma’no mujassam. Zero, inson manfaatlari deganda, avvalo insonning salomatligi, zamonaviy tibbiy xizmatdan to‘laqonli foydalanishi ham nazarda tutiladi.

    Shavkat Mirziyoyev o‘zining saylovoldi uchrashuvlarida xalqning ichiga kirib, ularning dardi, muammolari, takliflarini eshitish lozimligini alohida qayd etdi. Bosh vazirning virtual qabulxonasiga kelgan murojaatlarning 7 mingdan ziyodi aynan tibbiyot sohasiga tegishli ekani ham mazkur sohada muayyan muammolar yig‘ilib qolganligini ko‘rsatmoqda. Aholining murojaatlari, fikr-mulohazalari va takliflari sog‘liqni saqlash tizimini yangi bosqichga ko‘tarishni taqozo etmoqda.

    Prezident tibbiyot sohasida bajarilishi lozim bo‘lgan ishlar, yechimini kutayotgan muammolar haqida atroflicha to‘xtaldi. Qishloq vrachlik punktlari faoliyatiga oid quyidagi masalalarga alohida e’tibor qaratildi. Bugungi kunda QVPlar birlamchi tibbiy ko‘rikni o‘tkazish uchun laboratoriya tahlili vositalari, qator diagnostika apparatlari bilan jihozlangani aholi uchun qulaylik yaratmoqda. Lekin tibbiy uskunalarni ishlatadigan malakali mutaxassislar yetarli darajada emas. Ba’zi chekka hududlarda oddiy qon topshirish uchun tuman markaziga yoki shaharga borishga to‘g‘ri kelayotganini ham inkor etib bo‘lmaydi.

    Ayrim joylarda tibbiy ko‘riklar nomigagina o‘tkazilmoqda, deb fikrini davom ettirdi Prezident. Chekka hududlarda malakali mutaxassislar yetishmayotgani kadrlar masalasida qilinadigan ishlar ko‘pligini anglatadi.

    Qishloq vrachlik punktlari tunu kun ishlamog‘i zarur. Buning uchun punkt yonidan shu joyda ishlaydigan vrachga uy qurib berish lozim.

    Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 31-oktabrdagi “Aholini dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari bilan ta’minlashni yanada yaxshilashga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosi yuzasidan olib borilayotgan ishlar tanqidiy ko‘rib chiqildi.

    Ayollar iboli, hayoli. Ba’zi masalalarda shifokorga borib dardini bemalol aytavermaydi. Shu bois xotin-qizlar uchun alohida poliklinika tashkil qilish kerak, dedi davlat rahbari. Toki ular borib o‘zini qiynayotgan masalada bemalol fikrlashsin. Chunki ertangi kunning davomchilarini sog‘lom dunyoga keltirish ko‘p jihatdan ayollarning salomatligiga bog‘liq.

    “Sog‘liqni saqlash sohasi haqida gapirganda bir haqiqatni esimizdan chiqarmasligimiz lozim: tibbiyot xodimlari bizning salomatligimiz posbonlaridir. Ularga xalq ishonishi, ular esa xalqni ishontira olishi kerak”, — ta’kidladi Shavkat Mirziyoyev.

    Ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari faoliyatida ham yechimini kutayotgan masalalar ko‘p. Mavjud markazlarning hammasi Toshkent shahrida joylashgan. Bu, ayniqsa, qishloq aholisiga muayyan noqulayliklar tug‘dirayotir. Ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari mutaxassislari joylarga chiqib aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatmog‘i, jarrohlik amaliyotlarini o‘tkazmog‘i lozim, dedi Prezident.

    Tadbirda mamlakat sog‘liqni saqlash sohasini yanada rivojlantirish, ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini xalqaro standartlar darajasiga ko‘tarish, yosh mutaxassislarni tarbiyalash jarayoniga ilg‘or ta’lim texnologiyalarini keng joriy etish, dunyoning yetakchi tibbiyot markazlari va o‘quv muassasalari, taniqli olimlar va mutaxassislar bilan hamkorlikni kengaytirish va boshqa dolzarb masalalar yuzasidan mutasaddilarga aniq topshiriqlar berildi.

    O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, sog‘liqni saqlash vaziri A. Ikromov, sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari A. Hojiboyev, sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosarlari E. Bositxonova, S. Saidaliyev, Respublika ixtisoslashtirilgan urologiya markazi direktori F. Oqilov, Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori A. Alyavi, Respublika immunologiya ilmiy markazi direktori T. Aripova, senator Z. Nizomxo‘jayev, “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi boshqaruvi raisi S. Inomova, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi M. Erniyazov, Andijon viloyati hokimi Sh. Abdurahmonov, Buxoro viloyati hokimi O‘. Barnoyev va boshqalar Prezidentning tibbiyot sohasiga qaratayotgan alohida e’tibori soha rivojida muhim omil bo‘layotganini qayd etdi. Bildirilgan tanqidiy fikrlardan zarur xulosalar chiqarib, ko‘rsatib o‘tilgan kamchiliklarni bartaraf etish, soha oldida turgan dolzarb vazifalarni bajarish yuzasidan tizimli ishlar olib borilishini, barcha kuch va imkoniyatlar ishga solinishini ta’kidladi.

    05.01.2017, 22:20   Izoh (0)   51947
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Xalqaro hayot yetakchilari sifatida tan olingan Islom Karimov va Shavkat Mirziyoyev, Sergelida qurilayotgan metro, Telegram’dagi o‘chirsa bo‘ladigan xabarlar va ku...

    05.01.2017, 20:12

    “O‘zbek milliy kiyimlari” turkumidagi pochta markalari muomalaga chiqarildi

    05.01.2017, 18:10

    Qoraqalpog‘istonda parrandachilikni rivojlantirishga yo‘naltirilgan 4,8 mlrd so‘mlik 45 loyiha amalga oshirildi

    05.01.2017, 17:37

    Islom Karimov va Shavkat Mirziyoyev 2016-yildagi xalqaro hayotning yetakchi shaxslari ro‘yxatiga kiritildi

    05.01.2017, 17:08

    O‘zbekistonda dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlarining ayrim turlari uchun cheklangan narxlar tasdiqlandi

    05.01.2017, 16:45

    Davron Nazarmuhamedov O‘zbekiston ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi

    05.01.2017, 15:21
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    Samoga sochilgan yulduzlar: “Paxtakor 79” voqeasiga 46 yil bo‘ldi

    11 avgust, 10:09

    Tobutga yashirilgan og‘u: Vyetnam urushi paytida AQSHga harbiy samolyotlarda geroin tashigan jinoyatchi kim edi?

    10 avgust, 21:42

    Dengizlarga aylangan daryolar: dunyodagi eng yirik GESlar qayerda barpo etilgan?

    9 avgust, 13:45

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Shtat ulkan rus merosini saqlab qolmoqda” — Alyaskaning sobiq vitse-gubernatori

    Dunyo | 12 avgust, 23:50

    Janubiy Koreya sudi sobiq prezidentning rafiqasini qamoqqa olish uchun order berdi

    Dunyo | 12 avgust, 23:40

    O‘qishni davlat oliygohlariga ko‘chirish bo‘yicha testlar qachon o‘tkazilishi maʼlum bo‘ldi

    O‘zbekiston | 12 avgust, 23:30

    Isroil G‘azoni bombardimon qilishni kuchaytirdi. Bir sutkada 89 kishi halok bo‘lgan

    Dunyo | 12 avgust, 23:15

    Ispaniya va Portugaliyada o‘rmon yong‘inlari avjiga chiqmoqda

    Dunyo | 12 avgust, 23:00

    Zelenskiy 22 yoshgacha bo‘lgan ukrainaliklar uchun chegaradan o‘tishni soddalashtirishni topshirdi

    Dunyo | 12 avgust, 22:45

    Superliga. “Qo‘qon-1912” safarda “Sho‘rtan”dan ustun keldi

    Sport | 12 avgust, 22:42

    O‘zbekistonda oylik daromadi ko‘plar inflyatsiyani kuchliroq sezayotgani maʼlum bo‘ldi

    O‘zbekiston | 12 avgust, 22:30

    Koinotda ilk bor Quyosh tizimining egizagi topildi

    Dunyo | 12 avgust, 22:15
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.