Qoraqalpog‘iston Respublikasida 2016-yilda parrandachilikni rivojlantirishga yo‘naltirilgan 4 milliard 802 million so‘mlik 45 loyiha amalga oshirildi, 200 dan ziyod yangi ish o‘rni yaratildi. Yil davomida barcha toifadagi xo‘jaliklarda 3 million 330 mingdan ziyod tovuq parvarishlanib, 240 million donaga yaqin tuxum olindi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Amudaryo tumanida umumiy qiymati 285 million so‘mlik 6 loyiha amalga oshirildi. Natijada qo‘shimcha ravishda 19 ming bosh parranda boqish imkoniyati yaratildi va 28 yangi ish o‘rni tashkil etildi.
Ayni paytda tumandagi 8 parrandachilik subyektida 600 mingdan ziyod parranda parvarishlanmoqda. O‘tgan yili ularda 9 tonna parhez go‘sht, 185 ming dona tuxum va inkubatorlarda minglab jo‘ja yetishtirildi.
— Har bir oilada parranda bo‘lishini ta’minlash maqsadida 240 oilaga yigirma besh donadan jo‘ja tarqatildi, — deydi inkubator ishchisi Nurbek Imonov. — Bu aholining oziq-ovqatga bo‘lgan talabini qondirish bilan birga, dasturxon to‘kinligini ta’minlaydi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)