“Barselona” jamoasi hujumchilari Lionel Messi va Luis Suarez Yaponiya televideniyesidagi bir sinovda ishtirok etib, tomoshabinlarni hayratga soldi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Sinov shartlariga ko‘ra, futbolchilar bir-biriga olisdan to‘p uzatishi, bunda koptok yerga tegishiga yo‘l qo‘ymasligi lozim edi.
Futbolchilar paslar uzoqligini o‘lchovchi ulkan jadval oldida joylashgan ko‘yi shartni bajardi.
Messi va Suarez to‘p uzatishni to‘xtatmasdan bir-biridan uzoqlashib bordi. Natijada eng olis uzatish masofasi 56 metrni tashkil qildi.
Mazkur natija ushbu sinov uchun yangi rekord bo‘ldi. Eski rekord bundan 21 metrga qisqaroq bo‘lgan edi.