Madridning “Real” jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu o‘g‘li futbolchi bo‘lishini xohlayotganini aytdi. Shuningdek, portugaliyalik futbolchi kichik Krishtianu Ronalduga ba’zida uning otasidan yaxshiroq futbolchi borligini ta’kidlashlari haqida so‘zlab berdi, deb xabar bermoqda “Chempionat”.
Ba’zida o‘g‘limga uning otasidan yaxshiroq futbolchi bor ekanini aytishadi, ammo u bunga qanday munosabat bildirishni biladi. O‘g‘lim men singari aqlli. Unga oddiy va muloyim bo‘lish kerakligini doim uqtiraman. Bilaman, u hayotida ko‘plab qiyinchiliklarga duch keladi, chunki ko‘plab hasad qiluvchilar bor.31 yoshli forvard o‘g‘li futbolchi bo‘lsa, darvozabon emas, hujumchi bo‘lish istagi bor ekanini ma’lum qildi.Krishtianu Ronaldu, to‘rt karra “Oltin to‘p” sohibi
Albatta, o‘g‘lim futbolchi bo‘lishini istayman. Bu oson emas, lekin u o‘zi istagan ish bilan shug‘ullanishi mumkin. Balki unga futbol tomon biroz turtki berayotgandirman. Kichik Krishtianu Ronaldu futbolchi bo‘lsa, darvozabon emas, hujumchi bo‘lishini istayman.Ma’lumot uchun, Krishtianu Ronaldu yilning eng yaxshi futbolchisiga beriladigan “Oltin to‘p” mukofotining 4 karra sohibi, mavsumning eng yaxshi to‘purariga beriladigan “Oltin butsa”ning 4 marta g‘olibi, Globe Soccer Awards talqini bo‘yicha 4 karra yilning eng yaxshi futbolchisi sanaladi.Krishtianu Ronaldu, “Real” hujumchisi
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)