Istanbuldagi tungi klubga uyushtirilgan hujumga aloqadorlikda gumonlanib sakkiz kishi qo‘lga olindi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
Ushlanganlarning shaxsi haqida hozircha ma’lumot keltirilmayapti.
Bundan tashqari, teraktni zimmasiga olgan IShID guruhiga a’zolikda gumonlanayotgan qariyb 150 kishi ayni paytda hibsda saqlanayotgani bildirildi. Ularning 25 nafariga nisbatan rasmiy ayblovlar ilgari surildi.
Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, Istanbuldagi tungi klubga uyushtirilgan hujum oqibatida halok bo‘lganlar soni 39 kishini tashkil qilmoqda. Shuningdek, 69 kishi jarohat olgan.
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiya prezidentiga Istanbuldagi terakt munosabati bilan hamdardlik bildirdi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)