Falastin prezidenti Mahmud Abbos AQShning saylangan prezidenti Donad Tramp bilan Isroil–Falastin mojarosini tartibga solishda hamkorlikka tayyorligini ma’lum qildi, deb xabar beradi “TASS”.
“Biz ikki davlat mavjudligini tan olishga asoslangan tinchlikka erishish uchun AQShning saylangan prezidenti ma’muriyati bilan ishlashga tayyor ekanligimizni bildiramiz”, — ta’kidladi Falastin yetakchisi.
Mahmud Abbos amaldagi AQSh rasmiylariga BMTning Falastin yerlarida Isroil manzilgohlari qurilishini qoralovchi rezolyutsiyasiga taqiq qo‘ymagani uchun minnatdorlik bildirdi.