Ispaniyadan Polshaga yo‘l olgan yo‘lovchi samolyoti bortda portlash xavfi tufayli Pragadagi Vatslav Gavel nomli aeroportda shoshilinch qo‘nishni amalga oshirdi. Havo kemasida aksariyati Polsha fuqarosi bo‘lgan 160 nafar yo‘lovchi bor edi, deya xabar beradi “TASS”.
Portlovchi qurilmani harakatga keltirish bilan tahdid qilgan shaxs huquq-tartibot idoralari tomonidan qo‘lga olindi. Uning yonidan Polsha fuqarosi pasporti topilgani bildirilmoqda.
Hozirda samolyot aeroportning maxsus turargohida bo‘lib, politsiya tomonidan sinchiklab tekshirilmoqda. Yo‘lovchilar Chexiya poytaxti mehmonxonalariga joylashtirildi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)