Hindistonliklar 2017-yildan boshlab muomaladan chiqariladigan banknotlarni almashtirish uchun uzundan-uzoq navbatga turdi. Bu haqda “Segodnya.ua” xabar bermoqda.
Hozirda ko‘plab bankomatlar bo‘shab qoldi va kishilar eski pullarni almashtirib olish imkoniyatidan mahrum bo‘ldi.
Muomaladan 500 va ming rupiya (7 va 14 dollar) qiymatidagi banknotlar chiqarilmoqda. Hindiston bosh vaziri Narendra Modi korrupsiyaga qarshi kurash choralari doirasida noyabr boshida to‘satdan mazkur kupyuralar muomalasini to‘xtatishga qaror qilgandi.
Biroq bu qaror mamlakatning daromadi yuqori bo‘lmagan aholisi, shuningdek, naqd pulda oldi-sotdiga ko‘nikib qolgan chakana sotuvchilar uchun zarba bo‘ldi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)