Fransiyada Tunisning mamlakatdagi konsuliga hujum uyushtirildi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Le Parisien nashriga ko‘ra, qurollangan erkak to‘pponcha bilan konsulga uning ish kabinetida tahdid qilgan. U diplomat bilan uchrashuvga go‘yo oilani birlashtirish masalasida kelgani, biroq keyinchalik ofisda qo‘liga tushgan narsalarni vayron eta boshlagani, shundan so‘ng to‘pponcha chiqarib, diplomatga po‘pisa qilgani bildirilmoqda.
Hujum qilgan shaxs konsullik xavfsizlik xodimlari tomonidan zararsizlantirildi va hibsga olindi. Politsiya terakt ehtimolini istisno etdi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)