Facebook’dagi “Voditeli Tashkenta” guruhida Andijon shahri ko‘chalaridan biridagi tirbandlik aks etgan surat e’lon qilindi.
Suratdagi ko‘chada yo‘lning u tomoni ham, bu tomoni ham to‘la tirbandlik holatida ekanini ko‘rish mumkin.
Ba’zi foydalanuvchilar bunga, hazil aralash: “Adolatli tirbandlik”, “Chiroyli turishibdi”, — deb ta’rif bergan; ba’zilar Andijonda oq rangli mashinalar juda ko‘p ekaniga e’tibor qaratgan.
Foydalanuvchilarning yozishicha, mazkur tirbandlikka bayram munosabati bilan shahar markazidagi ba’zi ko‘chalarning yopilgani sabab bo‘lgan.
Ayni vaqtda, juma kunlari Andijonda bu kabi tirbandliklarning paydo bo‘lishi odatiy holga aylanganini ma’lum qilganlar ham bor.
Suratdagi tirbandlik Andijonning qaysi ko‘chasida yuz bergani, shuningdek, bunga aynan nima sabab bo‘lganiga batafsil aniqlik kiritilmagan.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)