Polshaning Enter Air aviakompaniyasiga tegishli Boeing 737-800 samolyoti dvigateliga qush kirib qoldi, buning natijasida layner Frederik Shopen nomidagi aeroportga qaytishga majbur bo‘ldi. Bu haqda, TVN24 telekanaliga asoslanib, “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Samolyot Varshava–Larnaka reysini amalga oshirayotgan edi. Voqea parvoz boshlanganidan bir necha daqiqa o‘tib ro‘y berdi va jiddiy talafotlarga olib kelmadi.
Aviakompaniya bosh direktori Gjegoj Polanetskiy samolyot texnik ko‘rikdan so‘ng parvozini davom ettirishini ma’lum qildi.
Izoh (0)