Yil davomidagi beqaror ob-havo Buyuk Britaniya hududida kapalak va tukli arilar populyatsiyasining qisqarib ketishiga olib keldi. Bu Buyuk Britaniya milliy jamg‘armasining yillik hisobotida ma’lum qilindi, deb xabar beradi “Interfaks”.
Qishning yengil kelishi, yozda esa ob-havoning yomon bo‘lishi o‘tning gurkirab o‘sishiga olib keldi, bu esa fermerlarni xursand qilayotgan edi. Ammo o‘t-o‘lan dala o‘simliklariga zarar keltirdi, u o‘simliklarga esa ko‘pgina hasharotlar, shu jumladan, kapalaklar va tukli arilar bog‘liq. Hisobot mualliflarining bildirishicha, tabiatni qo‘riqlash tashkilotlari va fermer xo‘jaliklari birga ishlashi va bir-birining manfaatlarini inobatga olishi lozim.
Mamlakatning ayrim hududlarida o‘simlik va hayvonot dunyosiga jiddiy zarar yetdi. Jumladan, Somerset grafligidagi Layt Keri dala hovlisida o‘tkazilgan kuzatuvlarga qaraganda, u yerda tukli arilar soni o‘tgan yilgiga nisbatan 85 foizga qisqardi.
Izoh (0)