Milliy basketbol assotsiatsiyasi (NBA)ning “Xyuston Rokets” jamoasi a’zosi Chinanu Onuaku debyut o‘yinida “yubka ostidan” yoki “buvi uslubi” nomini olgan jarima zabalari bilan muxlislarni hayratda qoldirdi, deb xabar bermoqda TJournal.
Onuaku 1980-yildan buyon ushbu zarbani amalga oshirgan birinchi basketbolchi bo‘ldi. Oxirgi marta “buvi uslubi”dagi jarima zarbasini faoliyatini yakunlagan Rik Berri amalga oshirgandi.
Afrikalik basketbolchining aytishicha, bunday zarbadan so‘ng muxlislar uning ustidan kulishini bilgan, ammo bunga e’tibor qaratmagan. Berri o‘yindan so‘ng izdoshini maqtadi va bo‘yi uzun basketbolchilarga “buvi uslubi”da jarima zarbalarini amalga oshirishni taklif qilganini aytdi. Lekin hech kim uning tavsiyasiga amal qilmagan.
2016-yilning iyul oyida ESPN sport kanali NBA’da jarima zarbalarini eng yomon amalga oshiruvchi basketbolchilarning bo‘yi 205 santimetrdan uzun bo‘lganini aniqladi. Chinanu Onuakuning bo‘yicha esa 208 santimetrga teng. Telekanalning xulosa qilishicha, uzun bo‘yli basketbolchilarga qo‘llar bosh ustida turgan odatiy holatdan ko‘ra “buvi uslubi”da zarba berish kamchilikni bartaraf etishga yordam beradi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)