Hindistonda bortida 161 kishi bo‘lgan yo‘lovchi samolyoti Goa aeroportining uchish-qo‘nish tasmasidan chiqib ketishi oqibatida yaralanganlar soni 15 kishiga yetdi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Ilgariroq 12 yarador haqida xabar qilingan edi. Ularga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.
Voqeaning sabablari aniqlashtirilmoqda.
Layner Mumbayga uchishi kerak edi.
Izoh (0)