Xalqaro futbol tarixi va statistikasi federatsiyasi (IFFHS) futbol klublarida faoliyat olib borayotgan murabbiylar ichidan 2016-yildagi eng yaxshisini aniqladi, deb xabar berdi “Sports.ru”.
Madridning “Atletiko” klubini Yevropa Chempionlar Ligasiga qadar yetaklab borgan Diyego Simeone unga ko‘ra barcha ta’qibchilarini ortda qoldirdi. Argentinalik murabbiy bu yo‘lda 113 ochko jamg‘arishga muvaffaq bo‘ldi.
Diyego Simeone bilan bir xilda musobaqalarda ishtirok etgan va hammasida undan yaxshiroq natija qayd etgan Zinedin Zidanga 2-o‘rin nasib qildi. Uning boshqaruvida “Real” La Liganing o‘tgan mavsumini 2-o‘rinda yakunlab, “Atletiko”dan o‘zib ketgandi. Chempionlar Ligasi finalida ham “Atletiko” aynan Zidan boshqaruvidagi “Real”ga imkoniyatni boy bergandi.
“Lester” bilan Angliya chempionligini qo‘lga kiritgan italiyalik Klaudio Ranyeri uchtalikdan joy oldi. 4-o‘rin “Manchester Siti” ustozi Xosep Gvardiolaga nasib qildi. U o‘tgan mavsum Germaniyaning “Bavariya” klubida faoliyat olib borgandi. O‘sha vaqtda “Sevilya”da ishlab, bugungi kunda “PSJ” klubini boshqarayotgan Unai Emeriga beshinchi o‘rin nasib qildi, “Barselona” murabbiyi Luis Enrike esa oltitalikka kirdi.
O‘ntalikdan, shuningdek, Yurgen Klopp, Maurisio Pochettino, Massimiliano Allergi hamda “Mamelodi Sandauns” klubini Afrika qit’asi chempioni qilgan Pitso Masimane joy oldi.
Izoh (0)