Rossiya mudofaa vazirligining Tu-154 samolyoti halokatga uchragan joydagi qidiruv operatsiyasi hududi kengaytirildi, deya xabar bermoqda “TASS” Rossiya FVV Janubiy hududiy markaziga tayanib.
“Qidiruv operatsiyasi davom etmoqda, uning hududi kengaytirildi”, — dedi agentlik hamsuhbati.
Ayni paytda qidiruv ishlariga jalb etilgan guruh tarkibi ham kengaytirildi. Guruhga jami 3,5 ming kishi va 200 dona texnika kirdi.
“Samolyot halokatga uchragan hududda 39 ta dengiz va 32 ta havo kemasi ishlamoqda, uchuvchisiz uchar qurilmalar jalb qilingan”, — deya ma’lum qilishdi Janubiy hududiy markazdagilar.
Avvalroq Tu-154 halokati qurbonlarining qarindoshlaridan biomateriallar olish boshlangani xabar berilgan edi.
Izoh (0)