Germaniyalik ayol hakam Bibiana Shteynxaus Germaniya quyi divizionidan joy olgan uchrashuvni boshqara turib, hijolatli vaziyatga tushib qoldi.
“Championat.asia” nashri ma’lumotiga ko‘ra, hakam ikkinchi Bundesliga 17-turidan joy olgan “Yunion Berlin” hamda “Groyeyter Fyurt” jamoalari o‘rtasidagi o‘yinni boshqargan va o‘zi istamagan holatda jamoalardan birining goliga qarashib yuborgan.
Berlin jamoasi himoyachisi to‘pni jarima maydonchasidan uzoqlashtirish niyatida uni zarb bilan tepdi. To‘p esa hakamga urildi va jarima maydonchasi ichiga qaytib kirdi. Yakunda bu hujum “Groyeyter Fyurt”ning goli bilan tugadi.
Bu gol 80-daqiqada urilib, 1:1 hisobi bilan yakuniga yetgan o‘yinda mehmonlarni mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi.
Izoh (0)