Futbol bo‘yicha Italiya A seriyasida 18-turdan joy olgan 8 ta uchrashuv bo‘lib o‘tdi. “Yuventus” va “Milan” klublari Italiya Superkubogi doirasida maydonga tushishi kerak bo‘lgani uchun ham, ular ishtirokidagi 18-tur o‘yinlari 2-fevral sanasiga ko‘chirilgan. Qayd etish kerak, 23-dekabr kuni bo‘lib o‘tadigan Italiya Superkubogiga Qatar poytaxti Doha mezbonlik qiladi.
Mazkur turda Milanning “Inter” klubi o‘ziga kelayotganini isbotladi. Bosh murabbiy Stefano Pioli ikki yil muqaddam o‘zi boshqargan “Latsio”ga qarshi o‘yinda muvaffaqiyat qozondi — 3:0. O‘shanda Pioli “Latsio”ni ligada uchinchi jamoaga aylantira olgandi.
Ayni vaqtda “Inter” turnir jadvalida 7-o‘rindan joy olgan. Stefano Pioli mavsumni muvaffaqiyatsiz boshlagan Frank de Bur o‘rniga olib kelingandi.
Chempionlik uchun kurash olib borayotgan Rimning “Roma” klubi irodali g‘alabaga erishib, ochkolari sonini 38 taga yetkazib oldi. Bu esa Turin klubi bilan farqni 4 taga qadar qisqartirdi.
Markaziy o‘yinni Florensiyada “Fiorentina”ga qarshi o‘tkazgan Neapolning “Napoli” klubi 3:3 hisobida durang o‘ynadi. Ketma-ket ikki turda 7 ta gol urgan belgiyalik Dris Mertens, mazkur turda ham o‘z hisobiga gol yozib qo‘ydi.
Italiya A seriyasi 18-tur bellashuvlari 20-dekabr, seshanba
“Atalanta” — “Empoli” 2:1
Gollar: Levan Mchedlidze, 51 (0:1). Frank Kessi, 74 (1:1). Marko D'Alessandro, 90+4 (2:1).21-dekabr, chorshanba
“Inter” — “Latsio” 3:0
Gollar: Ever Banega, 54 (1:0). Mauro Ikardi, 56 (2:0). Mauro Ikardi, 65 (3:0).22-dekabr, payshanba
Izoh (0)