Osiyo Chempionlar Ligasi–2017 musobaqasini o‘tish bosqichidan boshlaydigan Qarshining “Nasaf” jamoasi Bahrayn chempioni “Al-Hidd” klubini Toshkentning “Bunyodkor” stadionida qabul qiladigan bo‘ldi. Bu haqda qarshiliklar matbuot xizmati ma’lum qildi.
“Ayni vaqtda Qarshi shahridagi ‘Markaziy’ stadionda keng miqiyosdagi rekonstruksiya ishlari davom etayotgani sababli, ‘Nasaf’ning OChL musobaqasi uchrashuvlari Toshkent shahridagi ‘Bunyodkor’ stadionida bo‘lib o‘tadi”, – deyiladi xabarda.Bo‘lajak uchrashuvda g‘alaba qozongan jamoa pley-off bosqichida Saudiya Arabistonining “Al-Fateh” klubi bilan guruh bosqichiga chiqish uchun bahs yuritadi.Ma’lumot uchun, “Nasaf” – “Al-Hidd” uchrashuvi 2017-yilning 31-yanvar, seshanba kuni “Bunyodkor” stadionida soat 16:00 da boshlanadi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)