21-dekabrning e’tiborga molik yangiliklari — “Daryo”ning kechki dayjestida.
1. 179 kishi O‘zbekiston fuqaroligiga qabul qilindi. Bu haqdagi farmon O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolangan.
2. Istanbulning Osiyo va Yevropadagi qismlarini birlashtiruvchi Bosfor bo‘g‘ozi ostidan o‘tgan tunnel foydalanishga topshirildi. Tunnel ochilganidan so‘ng Istanbulning ikki qismi o‘rtasidagi masofani bosib o‘tish vaqti 1 soat va 40 daqiqadan 15 daqiqagacha qisqaradi.
3. Pan Gi Mun Janubiy Koreyadagi prezidentlik saylovlarida ishtirokini istisno etmadi. “Agar BMT bosh kotibi lavozimidagi 10 yillik tajribam Janubiy Koreyani rivojlantirishga yordam bersa, bu maqsadga erishish uchun o‘zimni qurbon qilishga tayyorman”.
4. Sahroi Kabirda 37 yildan beri birinchi marta qor yog‘di. Bu muntazam kuzatuvlar boshlanganidan beri mazkur cho‘lda ikkinchi marta qor yog‘ishidir.
5. 2016-yilning eng yaxshi bokschisi deb topilgan Hasanboy Do‘stmatov Shveysariyada o‘z mukofotini qabul qilib oldi. U 18-dekabr kuni Shveysariyaga jo‘nab ketgan edi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)