Korea Post kompaniyasi “O‘zbekiston pochtasi” AJ pochta aloqasi obyektlarini modernizatsiya qilish loyihasini ishlab chiqdi. Loyiha prezident Kim Ki Deok boshchiligidagi Janubiy Koreya milliy pochta xizmati delegatsiyasining Toshkentga tashrifi chog‘ida taqdim etildi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar bermoqda.
“O‘zbekiston pochtasi” bosh direktori Shuxrat Atamuxamedov bilan uchrashuv chog‘ida mamlakat pochtasining taraqqiyoti pochta operatsiyalari sifatini oshirish, logistika tizimini yaxshilash, shuningdek, axborot texnologiyalari va pochta xizmatlarining yangi turlarini joriy etishni ko‘zda tutishi ta’kidlandi.
Ikki mamlakat pochta xizmatlarining o‘zaro hamkorligi yo‘nalishlari joriy yil aprelida Seulda bo‘lib o‘tgan muzokaralarda belgilab olingandi. Avgust oyida Koreya tomoni “O‘zbekiston pochtasi” AJ pochta aloqasi obyektlarini o‘rgandi va shundan so‘ng ularni modernizatsiya qilish loyihasi ishlab chiqildi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)