O‘zbekistonda Xitoy kompaniyasi bilan hamkorlikda shisha ishlab chiqarish bo‘yicha yangi korxona quriladi. Bu haqda UzDaily xabar bermoqda.
Xitoyning “Min’yuan silu” savdo-sanoat kompaniyasi shisha ishlab chiqarish zavodini “Jizzax” maxsus industrial zonasida quradi. Kuni kecha mazkur korxona poydevorini tiklash marosimi o‘tkazildi.
Loyihaning umumiy qiymati 110 million dollar atrofida. Zavodning birinchi navbati kelgusi yilning may oyida ishga tushirilishi, 2019-yilning sentabr oyidan esa to‘liq faoliyatini boshlashi kutilmoqda.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)