Xitoyning Foshan (Guandun provinsiyasi) shahridagi videokuzatuv kamerasi yuk mashinasi haydovchisining telefoni muvaffaqiyatsiz o‘g‘irlangan holatni yozib oldi. Hodisa tasviri LiveLeak portalida chop etildi, deb yozadi TJournal.
Rolikda o‘g‘ri yuk mashinasi haydovchisining mashinada qoldirib ketilgan telefonini o‘g‘irlaganligini ko‘rish mumkin. Shundan keyin u mopedga o‘tirib, yashirinishga urinadi.
Kutilmaganda kadrda tunab ketilgan haydovchi paydo bo‘ladi. U o‘g‘ri boshqarib kelayotgan moped ustiga sakrab, uni mopeddan yiqitdi. Hodisa oqibatlari haqida ma’lum qilinmadi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)